Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi belgilandi
10:04 / 2024-01-31

Adliya vazirligi tomonidan Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomda kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi belgilandi.  

Mazkur maxsus rejimni taqdim etish va ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Unda tan olingan xorijiy yurisdiksiyada ro‘yxatdan o‘tgan chet el yuridik shaxsi ishtirok etishi mumkin.

Mazkur hujjat bilan maxsus rejim doirasida tan olingan xorijiy yurisdiksiyalar ro‘yxati tasdiqlangan hamda mazkur ro‘yxatda 38 ta davlat mavjud. 

“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun taqdim etilgan arizalar 20 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi hamda arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.  

“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasida investitsiya vositachisi va chet ellik nominal saqlovchi sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.  

 

N.Abduraimova, O‘zA