Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tartib bor joyda bayramona kayfiyat bo‘ladi
19:06 / 2025-12-18

FOTOREPORTAJ

Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda, fayzli va osoyishta muhitda o‘tkazish, aholiga bayramona kayfiyat ulashish bilan bir qatorda jamoat xavfsizligini ta’minlash muhim.

Shu maqsadda Namangan viloyati IIB boshlig‘i Shuhrat Aliyev hamda Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bog‘ida bayram kunlarida jamoat tartibini saqlash ta’minlash maqsadida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi. O‘rganish ishlari davomida bog‘dagi bayramona muhit, hududning yoritilishi, tozaligi va umumiy tashkiliy holat ko‘zdan kechirildi.

[gallery-26800]

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat bog‘i Yangi yil bayrami kunlari namanganliklar va shahar mehmonlari uchun asosiy hordiq maskaniga aylanadi. Bu yerda bayram dasturlari, madaniy tadbirlar va ommaviy tomoshalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zA fotomuxbiri

Hotam MAMADALIEV olgan suratlar.