Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarqalgan xabarlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi
16:12 / 2021-03-17

Joriy yilning 16-17 mart kunlari ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqaro M.Mamatkasimova va uning oila a’zolarining hozirda yashab turgan xonadonidan majburiy ko‘chirib, boshqa xonadonga kiritish ijro hujjati yuzasidan e’tirozlar, xabarlar tarqatildi.

Mazkur xabarlar yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

Aniqlanishicha, Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ijro ishi yurituvida Toshkent shahar FIB sudi ijro varaqasiga ko‘ra, undiruvchi “B-B STROY” MCHJ.ning da’vo arizasiga asosan, qarzdorlar M.Yu.Mamatkasimova, K.D.Mamatkasimova hamda T.D.Mamatkasimovlarni hozirda yashab turgan Mirzo Ulug‘bek tumani Oltintepa ko‘chasi, 249-uy, 4-xonadondan Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasu-6 dahasi, 9-uy, 31-xonadonga ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

Bu ijro ishi haqida taraflarga ma’lum qilingan, fuqaro M.Mamatkasimovga esa, shaxsan taqdim qilinib, 15 kunlik ixtiyoriy muddat haqida va fuqarolarning majburiyatlari tushuntirilib, dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

 Ijro harakatlari jarayonida 22.01.2021 yilda qarzdor M.Mamatkasimovaning ijro harakatlarini to‘xtatish haqidagi murojaatiga asosan hal qiluv qarori chiqquniga qadar ijro ishi to‘xtatilgan va ijro harakatlari keyinga qoldirilgan.

 Lekin, Oliy sudi FIB sudlov hay’atining ajrimiga asosan ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro ishi o‘zgartirilmagan va amalda ijrosi tiklangan.

Shundan so‘ng joriy yilning 26 fevral M.Mamatqosimova va boshqalarning uydan ixtiyoriy ravishda ko‘chishi yuzasidan ijro ishi tiklanganligini ma’lum qilinib, majburiy ijro harakatlari 2 mart kuniga belgilangani haqida ogohlantirilgan.

 Shundan so‘ng, majburiy ijro harakatlariga kirishilganda, qarzdor M.Mamatkasimova masala bo‘yicha yuqori turuvchi idoralarga bilan murojaat qilganligini, ijro harakatlarini keyinga qoldirishni so‘raganligi sababli ijro harakatlari keyingi qoldirilgan.

 Joriy yilning 16 mart kuni davlat ijrochisi S.Xudoynazarov tomonidan qarzdorlar ijro hujjatini to‘xtatish bo‘yicha hech qanday qonuniy hujjat taqdim qilolmaganidan so‘ng davlat ijrochisi majburiy ijro harakatlariga kirishib, qarzdorlarni sud qaroridan keltirilgan yashash uyidan majburiy tartibda chiqarib, belgilangan boshqa manzildagi uyga ko‘chirib kiritish yuzasidan ijro hujjati ijro ta’minlangan.

 Unutmasligimiz lozim, fuqarolarimiz o‘ziga nisbatan qabul qilingan qaror, ajrim yoki hujjatlar ustidan sud va boshqa organlarga murojaat etishlari lozim!

 Shunday ekan, barchasi o‘z qo‘limizda, e’tiborli bo‘lishimiz va asosiysi sud qarorlari mohiyatini teran anglashimiz lozim bo‘ladi.

Aks holda, Byuro davlat ijrochisi amalda sud va boshqa organ qarorini muhokama qilmaydi, balki uning ijrochisiga kirishadi.

Ma’lumot uchun: qarzdor M.Mamatqosimova 43,55 kv.m.ni tashkil etuvchi xonadondan 57,50 kv.m.ni tashkil qilgan xonadonga ko‘chirildi.

Bu jarayonda fuqarolar tomonidan ijro haarkatlari qarshilik qilish holatlari hamda xodimlarning nojo‘ya haarakatlarni sodir etganligi aniqlanmagan.

 

Ijro harakatlariga amalda aloqasi bo‘lmagan fuqarolarga ham ijro ishi va sud qarori mazmuni, mavjud shikoyatlar va e’tirozlar yuzasidan yuqori turuvchi organlarga murojaat etish lozimligi tushuntirilgan.