Tarozilarni kalibrlashda noaniqlikni baholash
Sunatullo Nuriddin o‘g‘li MEYLIEV dotsent Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi, O‘zbekiston sunatullomeyliyev0@gmail.com Nazokat Uktam qizi YULDOSHEVA assistent Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi, O‘zbekiston Nargiza Tolmas qizi HAQBERDIEVA magistrant Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada har xil turdagi zamonaviy elektron tarozilar uchun me’yoriy hujjatlarga asosan aniqlanadigan metrologik xarakteristikalarning matematik modelini ishlab chiqarish masalasi ko‘rib chiqilgan va shu matematik modellar asosida tarozilarni kalibrlashda noaniqligini baholash buyicha qator tavsiyalar berilgan.
Tayanch so‘zlar: akkreditlangan laboratoriyalar, aniqlik xarakteristikalari, ehtimollik qamrovi, matematik model, qamrov koeffitsiyenti, shartlangan noaniqlik, birlashgan O‘KO, sikllar soni.