Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarmoqlarda "limitlash xizmati" bilan fuqarolarni aldab, 1,03 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi
12:38 / 2025-11-09

Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Telegram va Instagram tarmoqlarida kredit limitlarini naqdlashtirib berishni va’da qilib, fuqarolardan pul olib firibgarlik sodir etgan anonim shaxslar faoliyati fosh etildi.

IIBBning "Axborot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi" tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Ohangaron tumanida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan B.N. hamda uning uch nafar sherigi qo‘lga olingan.

Tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, gumondorlar Telegram va Instagramda "limitlash xizmati" nomli sahifalarni ochib, mikromoliya tashkilotlari tomonidan ajratilgan kredit limitlarini naqd pulga aylantirib berishni va’da qilgan.  

Ular ushbu maqsadda o‘zlari rasmiylashtirgan tadbirkorlik sub’ekti orqali onlayn savdo platformalarida faoliyat yuritib, fuqarolardan olingan jami 1 milliard 32 million so‘m mablag‘ni aldov yo‘li bilan o‘zlashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va ularga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda yetkazilgan moddiy zararlarni undirish choralari ko‘rilmoqda va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hamroz Bayanov, O‘zA