Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” tadbirkorga katta imkoniyat (+video)
14:17 / 2025-12-17

Har yili Toshkent shahrida an’anaviy “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” o‘tkazib kelinadi. Ushbu tadbir asosan iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda sanoat kooperatsiyasini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga korxonalar o‘z mahsulotlari va imkoniyatlarini namoyon etib, yangi hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishlari mumkin bo‘ladi.

Yarmarka doirasida import o‘rnini bosuvchi va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliy xomashyodan samarali foydalanish, shuningdek, yirik investitsiya va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda.  

Aytish kerakki, 2025 yil yakuniga yetmoqda. Yangi yilga ham sanoqli kunlar qoldi. Bu esa qilingan ishlarni sarhisob qilib, yangi marralar sari rejalar tuziladigan palla degani. Ko‘rgazmaga kelib aynan ana shu rejalarni pishitib olish, imkoniyatlarni chamalab, biror-bir yangilikka qo‘l urish ham mumkin. Zero, tadbirkorlik bir joyda to‘xtab turadigan soha emas.  

Bu yerda tuziladigan shartnomalarning ham salmog‘i keng. Masalan, birgina hududlarda o‘tkazilgan sanoat yarmarkalarida “Elektronkooperatsiya portali” orqali mahsulotlar savdosi bo‘yicha qiymati qariyb 5.2 trln so‘mlik 24 mingdan ortiq shartnomalar imzolangandi. Respublika darajasidagisanot yarmarkasida bundanda yuqori natijalar kutilmoqda. Shu bois “O‘zekspomarkaz”ning barcha pavilonlarida tarmoqlarga ajratilgan holda stendlar tashkil etildi.  

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi 15-19 dekabrga qadar davom etib, jami 5 mingga yaqin tarmoq va hududiy korxonalar ishtirok etishi kutilmoqda. Shundan 780 ta korxona o‘zlari ishlab chiqaradigan 6 mingdan ziyod mahsulot turlari bilan qatnashmoqda. Bundan tashqari ushbu yarmarkada 70 dan ortiq xalqaro brend egalari va yirik xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillari ishtirok etyapti.

Yarmarkada yana bir yangilik. Imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘rgazma maydonida maxsus sektor ajratilib, unda nogironligi bo‘lganlarga korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan 340dan ortiq turdagi mahsulot namoyish etildi.  

E’tiborlisi, har bir stendning axborot markazida, import tovarlarining qiymati, xususiyatlari, ularni ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xomashyolarning nomi haqida to‘liq ma’lumotlar yoritilgan. Shu bilan birga ushbu import tovarlarni mahalliylashtirish bo‘yicha yuzdan ortiq tayyor investitsiya loyihalari taklif etilmoqda.  

Xulosa qilib aytganda, amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar mamlakatimiz sanoatiga ijobiy ta’sir etib, ish o‘rinlarini yaratish, xomashyoni qayta ishlashni chuqurlashtirish, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, kichik tadbirkorlik sub’ektlari, ayniqsa yangidan tashkil etilayotgan korxonalar mahsulotlariga bozor topishga ko‘maklashadi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/4JZAnn1T0wQ?si=kbgeRW6p53my4OHz" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA