Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarmoq kengayib, daromad ko‘paymoqda
13:54 / 2014-11-11

Farg‘ona viloyatidagi yuzdan ziyod fermer xo‘jaligi yangi tarmoqlar tashkil etib, imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bu iqtisodiy samaradorlikni yanada oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo‘jaligini isloh qilish, sohaga zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish, fermerlik harakatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar o‘z samaralarini bermoqda.

Yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanayotgan fermer xo‘jaliklari nafaqat g‘alla va paxta yetishtirish, shuningdek, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik, xizmat ko‘rsatish va servis kabi yo‘nalishlarda ham istiqbolli loyihalarni amalga oshirmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2012-yil 22-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘layotir.

Farg‘ona viloyatidagi yuzdan ziyod fermer xo‘jaligi yangi tarmoqlar tashkil etib, imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bu iqtisodiy samaradorlikni yanada oshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda.

Toshloq tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan “Muxtora MZXM” fermer xo‘jaligida o‘n turdagi sut va go‘sht mahsulotlari tayyorlanayotir. Shuningdek, bu yerda naslchilikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Germaniya va Avstriyadan zotli mollar keltirilib, ko‘paytirilmoqda.

– Dastlab ishni olti gektar yer maydoni va 47 bosh qoramol bilan boshlagan edik, – deydi xo‘jalik rahbari Salimjon Qodirov. – Hozir 30 gektardan ortiq yerimiz, 300 bosh qoramolimiz bor. Ayni paytda yuz bosh sigirning har biridan kuniga 20-25 litrgacha sut sog‘ib olinmoqda. Xorijdan sut va go‘shtni qayta ishlaydigan zamonaviy texnologiyalar keltirib, ishga tushirdik.

Fermer yangi loyihalar ustida ham izlanmoqda. Baliqchilik yo‘nalishida dastlabki harakatlar boshlanib, 87 gektar yer maydoni ajratildi. Yetti xazinaning biri bo‘lgan parrandachilikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 5 ming bosh tovuq boqishga mo‘ljallangan ferma qurilmoqda. Bir gektar yerda issiqxona tashkil etilayotir.

Xo‘jalikda oltmish nafarga yaqin ishchining mehnatini munosib rag‘batlantirishga, manfaatlarini har tomonlama himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ularning ishlashi va dam olishi uchun barcha sharoit yaratilgan.