Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarmoq kengayib, daromad ko‘paymoqda
15:07 / 2014-10-06

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi “Muqimiy Fayz” fermer xo‘jaligida 470 bosh nasldor qoramol parvarish qilinmoqda. Ayni paytda qo‘shimcha tarmoqlar ochib, ishlab chiqarishni kengaytirish ustida ish olib borilmoqda.

Xo‘jalik rahbari Baxtiyor Toshtemirovning aytishicha, hozirda xo‘jalikning chorvachilik, parandachilik, non ishlab chiqarish, tikuvchilik sexlari, qator maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida saksondan ziyod kishining bandligi ta’minlangan.