Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarjimonlikda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘qituvchiga noutbuk topshirildi
15:26 / 2022-02-22

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ingliz yozuvchisi Jozef Redyard Kiplingning "If/Yesli" (Zapoved) asarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi.

Tanlovga jami 840 ta tarjima kelib tushgan. Shundan saralab olingan 257 ta ijodiy ish hakamlar hay’atiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

Xulosaga ko‘ra, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 63-IDUMning ingliz tili fani o‘qituvchisi Gulhayo Ortiqova g‘olib, deb topildi.

– G‘oliblikni qo‘lga kiritaman deb o‘ylamagan edim, – deydi Gulhayo Ortiqova. – Kichkina mehnatim shunchalik rag‘bat keltirganidan xursandman. O‘z ustimda ishlab kelajakda yana katta asarlarni tarjima qilishni maqsad qilib qo‘ydim.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasida tanlov g‘olibiga xalq ta’limi vazirining sovg‘asi – noutbuk topshirildi.

Zarif Komilov, O‘zA