French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixiy qadamjolar bo‘ylab...
09:48 / 2022-05-03

Sirdaryo viloyatining boy turistik salohiyatga ega hududlaridan biri sanalgan Xovos tumani 2500 yillik tarixga ega.

Tarixchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Xovosda 28 ta tabarruk qadamjo bo‘lgan. Hozirgi kunga qadar ulardan 12 tasi saqlanib qolgan. Muborak Ramazon hayiti kunlarida adliya xodimlari ushbu tarixiy qadamjolarni ziyorat qildi.

– Muqaddas joylarni ziyorat qilish odamlarni yomon yo‘llardan uzoq yurishga, insofli-diyonatli bo‘lishga, o‘zidan faqat yaxshilik qoldirish singari xayrli ishlarga chorlaydi, – deydi Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Safarboy Tog‘ayev. – Biz “Xasti buzurgon”, “Bibi ocha”, “Yusufbobo”, Sherbobo” ziyoratgohlarida bo‘ldik. Ushbu ziyoratgohlarning tarixi haqida ma’lumotga ega bo‘ldik.

Shundan so‘ng adliya tizimi xodimlari Xovos tumanidagi O‘lkashunoslik muzeyiga bordi. Bu yerda 200 dan ortiq tarixiy ashyolar hamda eksponatlar bor. Har bir eksponat haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Sayohatdan so‘ng ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur buyumlar tarqatildi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA