Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixiy obidalarga kirish imkonini beradigan “yagona turistik karta” joriy qilinishi belgilandi
16:53 / 2025-04-09

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

To‘rt yilda madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga byudjetdan 385 milliard so‘m berildi. Shunga qaramasdan, hozirda yana 485 ta ob’ekt ta’mirtalab ahvolda. 

– Faqat byudjetga qarab qolmasdan, bu ishlarga xususiy sektorni keng jalb qilsa bo‘ladi-ku!, – dedi Prezident.

Ijaraga berish mumkin bo‘lgan 2 mingta madaniy meros ob’ektidan atigi 325 tasi tadbirkorlarga berilgani tanqid qilindi. Mutasaddilarga shu yilning o‘zida 400 ta ob’ektni tadbirkorlarga ijaraga berish topshirildi.

Turizm ob’ektlariga kuniga minglab odam kirgani bilan, tushumlar raqamlashmagani uchun tizim shaffof emasligi qayd etildi. Vaholanki, ochiq tizim qilib, tushumni o‘zidan ta’mirlash ishlarini bajarish mumkin. Shu munosabat bilan barcha ob’ektlarda kirib-chiqishni avtomatik hisobga oladigan moslama o‘rnatish zarurligi ta’kidlandi.

Respublikaning barcha tarixiy obidalariga kirish imkonini beradigan “yagona turistik karta” joriy qilinishi belgilandi. 

Bu yil madaniy meros ob’ektlari restavratsiyasiga kamida 4 million dollar grant jalb qilinadi.

O‘zA