Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixiy obidalar – umumjahon merosi
11:52 / 2022-07-14

Samarqand shahrida O‘zbekistonning YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ob’ektlari bo‘yicha Xalqaro maslahat qo‘mitasining birinchi texnik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok ishtirok etish Samarqandga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri A.Abduhakimov, xalqaro va milliy ekspertlar, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi a’zolari keldi. Mehmonlarga shahardagi Bibixonim masjidi va Shohi-Zinda majmuasini ta’mirlash bo‘yicha vazifalar haqida ma’lumot berildi.

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida Xalqaro maslahat qo‘mitasining texnik sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki yig‘ilish mamlakatimizdagi Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan “Ichan-qal’a”, “Buxoro tarixiy markazi”, “Shahrisabz tarixiy markazi”, “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” ob’ektlariga bag‘ishlandi.

“UZAEROSPACE” kompaniyasining rivojlanish bo‘yicha direktori J.Yo‘lchiyev “Ichan-qal’a” misolida yig‘ilish ishtirokchilariga ob’ektlarni saqlash, boshqarish va madaniy meros monitoringidagi yangi texnologiyalar yuzasidan gapirib berdi.

 Shuningdek, Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Ergashbek Salayevning “Ichan-qal’ani tiklash muammolari” to‘g‘risidagi taqdimoti mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi. 

Xalqaro ekspertlar – germaniyalik arxeolog Maykl Yansen, ruminiyalik shaharsozlik bo‘yicha mutaxassis Kristina Yamandi, yig‘ilishda onlayn ishtirok etgan ekspertlar Dmitriy Voyakin, Michayel Turner, Yukio Nishimura va boshqalar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi va madaniy meros ob’ektlarini asrab-avaylash bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA