Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixiy ob’ektga juda ko‘p miqdorda – 315 million so‘mlik zarar yetkazilgan
12:46 / 2023-05-12

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirlarning birida Oqqo‘rg‘on tumanidagi Hosildor mahallasida joylashgan “Shohruhiya shahristoni” arxeologiya yodgorligining 16 gektar yer maydoni qonunchilik talablariga zid ravishda xususiy korxonaga uzoq muddatga ijaraga berib yuborilgani aniqlandi.  

Oqibatda ushbu yodgorlik hududida o‘zboshimchalik bilan qazilma ishlari olib borilib, tarixiy ob’ektga juda ko‘p miqdorda – 315 million so‘mlik zarar yetkazilgan.  

Oqqo‘rg‘on tumanida qurilish hamda kadastr bo‘limi mansabdor shaxslari Hamid Olimjon nomli mahallada joylashgan “Qiyritepa” arxeologiya yodgorligining 0,4 gektar yer maydonida noqonuniy ravishda suv inshootining qurilishiga yo‘l qo‘ygan. Oqibatda tarixiy ob’ektga juda ko‘p miqdorda – 180 million so‘m zarar yetkazilgan.  

Bosh prokuratura matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, tekshirish natijasiga ko‘ra, tegishli mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

N.Abduraimova,  

O‘zA