French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixiy nutqda hamjihatlik masalasi va inson manfaatlari ustuvorlik kasb etdi
12:46 / 2023-09-21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida so‘zlagan nutqi, unda ilgari surilgan o‘ta dolzarb taklif va tashabbuslar nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun dunyo aholisiga daxldor ekanligi bilan ahamiyatlidir. Davlatimiz rahbari, eng avvalo, hamjihatlik va mamlakatlarni jipslashtirish zarurligiga alohida urg‘u berdi. Amaliy hamkorlik ruhini saqlash, umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qo‘ygan holda davlatlarni jipslashtirishni qayd etdi.

Prezidentimiz o‘z nutqida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Yangilangan Konstitutsiyamiz qabul qilingani, “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan ezgu g‘oya asosida demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar yo‘lidan borilayotganini ta’kidladi. Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qator natijalarga erishilayotgani, jumladan, majburiy mehnatga barham berilganini qayd etdi.  

O‘zbekiston rahbarining BMTning yuksak minbarida ilgari surgan qator tashabbuslari global va mintaqaviy dolzarb masalalar yechimiga qaratilgani bilan muhimdir. Unda yoshlar, xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faol ishtirokini ta’minlash, ular manfaatlarini himoya qilish, sayyoramiz miqyosida iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillik yo‘qolishi va atrof-muhit ifloslanishi, Orol dengizi fojiasiga qarshi kurashish, ekologik muammolarni bartaraf etish kabi ko‘plab masalalar tilga olindi. Ilgari surilgan tashabbuslarning barchasida hamjihatlik masalasi va inson manfaatlari ustuvorligi alohida bo‘rtib ko‘rinadi.

Ayniqsa, aholisining deyarli yarmi yosh avlod vakillari bo‘lgan Markaziy Osiyo uchun yoshlar va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalasi dolzarb ekanligiga urg‘u qaratilib, bu borada muhim tashabbus ilgari surilgani e’tiborga molik. Ya’ni, davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish, uning doirasida “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi – 2030” dasturini ishlab chiqishni taklif etdi. 

E’tirof etish kerakki, ushbu taklif Markaziy Osiyo yoshlarining huquqlarini himoya qilish, ularning ta’lim, sport, madaniyat, bandlik kabi barcha yo‘nalishlardagi manfaatlarini ta’minlash, mintaqa yoshlarining g‘oya va zamonaviy loyihalarini ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin tutadi. 

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu tarixiy nutq o‘ta hayotiy va jiddiy tashabbuslarga boy bo‘lgani bilan, birgina O‘zbekiston emas, balki mintaqa davlatlari va aholisi hayotida dolzarb ahamiyat kasb etgani bilan ajralib turadi. 

Soyibjon Tojiboyev,

O‘zDJTSU Paralimpiya va qishki sport turlari 

fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, professor