Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixiy natija qayd etgan taekvondochilarimiz tantanali kutib olindi
10:36 / 2024-10-08

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Janubiy Koreyaning Chuncheon shahrida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi delegatsiyasi kutib olindi.

Unda assotsiatsiya rahbariyati vakillari, OAV xodimlari qatnashib, tarixiy natija qayd etgan yosh sportchilarimiz va murabbiylarimizni muborakbod etdi.  

Dunyoning yuzdan ortiq davlatidan 1000 nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, unda Dilmurodjon Ma’rufjonov barcha raqiblaridan ustun kelgan holda oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Behruz Salimov bronza medaliga ega chiqdi.  

Yigitlarimiz umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA