French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixiy munosabatlar davomiyligi
13:58 / 2023-02-21

Misrning yetakchi bosma nashrlaridan biri – “Sada Al-Balad” gazetasi internet tarmog‘ida ushbu davlat madaniyat vaziri doktor Nefin Al-Kiloniyning O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi haqida maqola chop etildi. Muloqot avvalida mezbon vazir tarixiy aloqalarimiz ildizi chuqurligini ta’kidlab, ikki davlat o‘rtasida hamkorlik va madaniy almashinuv to‘g‘risidagi bitimni imzolash orqali mavjud rishtani mustahkamlashga intilayotganini bildirdi.

Al-Kiloniy xonim O‘zbekiston tomonini Misrda o‘tkaziladigan  festivallar, badiiy-musiqiy tadbirlarda ishtirok etishga taklif qildi.

O‘z navbatida, O.Nazarbekov o‘zbek xalqi Misr merosi va madaniyatiga juda qiziqishi, san’at va musiqaga alohida e’tibor qaratishini urg‘ulab, madaniyat sohasida kadr tayyorlashga xizmat qiladigan o‘zaro institutsional hamkorlik zarurligini e’tirof etdi.

U Misr tomonini joriy yil may oyida yurtimizda bo‘lib o‘tadigan san’at festivali navbatdagi sessiyasiga taklif qildi.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA