Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixiy maskanlar dunyo e’tiborida
17:36 / 2025-11-27

Ilk marotaba Buxoroda o‘tkazilgan zamonaviy san’at biyennalesida “Qalblar dardiga darmon” nomi ostida O‘zbekistonda yaratilgan yangi asarlar barchaga taqdim etildi.

Loyiha doiraisida O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlardan taniqli ishtirokchilar qatnashib, har biri tarixiy makonlarga mos ravishda yaratilgan asar va installyatsiyalar namoyish etildi. Shuningdek, dastur doirasida turli tadbirlar, dasturlar va gastronomik loyihalar o‘tkazildi.

Dasturlar davomida eng yirik loyihalardan biri hisoblangan Jadidlar merosi davlat muzeyini tashkil etish borasida loyiha taqdimoti va muhokakamasi bo‘ldi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mazkur muzeyning loyihalashtirish ishlari livanlik arxitektor Lina Gotme tomonidan amalga oshirilayotganini hamda muzeyning ochilishi esa 2027 yilga belgilanganini ma’lum qilgan.

Prezidentimizning 2024 yil 30 maydagi “Jadidlar merosi davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniy meros agentligi va Buxoro viloyati hokimligi tomonidan Buxoro shahridagi tarixiy maskan — Xo‘ja Gulrez ko‘chasi 13-uy manzilida joylashgan Hovli Poyon majmuasida Jadidlar merosi davlat muzeyini tashkil etish borasidagi ishlari boshlab yuborilgan.

– Yurtimizda jadidchilik maktabi asoschilaridan biri Usmon Xo‘jayevning yashagan uyi, hozirda, Madaniy meros ob’ekti hisoblanadigan Hovli Poyon tarixiy maskanda Jadidlar merosi davlat muzeyini tashkil etishdan maqsad ma’rifatparvar jadidlarning Vatanimiz va jahon tarixidagi muhim o‘rni va ahamiyatini, istiqlolimizning ma’naviy asoslarini yaratishdagi fidoyiliklarini, ibratli hayoti va faoliyatini, boy ilmiy-ijodiy merosini chuqur o‘rganishdan iborat. Shuningdek, ma’rifatparvar jadidlarning Vatanimiz va jahon tarixidagi muhim o‘rni va ahamiyatini, milliy istiqlolimizning ma’naviy asoslarini yaratishdagi hissasi va fidoyiliklarini haqqoniy yoritishni keng targ‘ib etishdan iborat, – deydi Buxoro viloyati “Karvon” madaniy merosni o‘rganish va turizmni rivojlantirish markazi raisi Sherzod Mahmudov. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.