Bugun, 3 fevral kuni Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tgan “Tata Steel Chess–2026” turniridan yurtimizga qaytib kelgan Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov Germaniyada yaqin kunlarda “Freestyle Chess” bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etish uchun ushbu mamlakatga yo‘l oladi.
Ma’lumki, “Tata SteelChess–2026” turnirining 17 kunlik shiddatli bahslari yakunlariga ko‘ra, “Masters”guruhida Nodirbek Abdusattorov 9 ochko bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Javohir Sindorov esa 8,5 ochko jamg‘arib, 14 nafar eng kuchli shaxmatchi orasida 2-o‘rinni egalladi. Bu natijalar O‘zbekiston shaxmati tarixidagi navbatdagi yorqin sahifa bo‘ldi. 88-marotaba tashkil etilgan, dunyodagi eng nufuzli shaxmat musobaqalaridan biri hisoblangan mazkur turnirda chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov o‘z g‘alabasi bilan jahon shaxmatining gigantlari safida O‘zbekiston nomini zarhal harflar bilan muhrladi.
Jahon shaxmat ishqibozlariga “aql gimnastikasi”ning betakror zavqini ulashgan grossmeysterlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida kutib olindi. Ushbu jarayonda ular jurnalistlarni qiziqtirgan qator savollarga javob berishdi.
Xo‘sh, “Tata SteelChess–2026” musobaqalarida har ikki shaxmatchimiz uchun eng qiyin va eng qiziqarli partiya qaysi bo‘ldi? Hamyurtlarimiz yaqin kunlarda qaysi musobaqalarda ishtirok etadi?
Javohir Sindorov Da’vogarlar turniriga qaysi murabbiy va mutaxassislar bilan tayyorgarlik ko‘rayotgani nima sababdan sir saqlanmoqda?
Nodirbek Abdusattorov uchun joriy yildagi eng muhim musobaqa qachon bo‘lib o‘tadi?
Shaxmatchilarimizning Niderlandiyadagi musobaqa taassurotlari hamda ushbu savollarga javoblari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/u9jFvTYwXpY" title="Tarixiy g`alabadan keyin yangi chaqiriq: Nodirbek va Javohir Germaniyaga yo`l oladi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>T. Ro‘ziyev, O. Davronov (video), A. Ahmedov (montaj), O‘zA