Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tariximizga “Katta qirg‘in” nomi bilan kirgan qatag‘on siyosatining asl maqsadi nima edi? (+Video)
11:15 / 2022-08-31

31 avgust — “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni”

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligini keng tantana qilar ekanmiz, bugungi tinch-osoyishta, farovon kunlarga erishish oson kechmaganini, buning uchun qanchadan-qancha vatandoshlarimiz, ziyolilarimiz, millat fidoyilari jon fido qilganini chuqur anglaymiz. Ayniqsa, o‘tgan asrning 30-yillarida tariximizga “Katta qirg‘in” nomi bilan kirgan qatag‘on davrida minglab millat fidoyilari, ma’naviyat peshvolari, adabiyot namoyandalari qurbon bo‘ldi. 

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/M87hFz3POvs" title="Қатағон даврида қанча ватандошимиз қурбон бўлган?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>


 
2001 yil 1 maydagi Prezident farmoniga asosan, 31 avgust kuni “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” deb belgilangan. “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni”ning aynan mustaqillik bayramimiz arafasida o‘tkazilishida ham o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Hurlik, ozodlik yo‘lida jonini fido qilgan minglab vatandoshlarimizning qoni bekorga to‘kilmagani, ular orzu qilgan kunlar — istiqlol shamoli esib, rivojlanish sari borayotganimiz ularning hamisha barhayot ekanligini namoyon etadi. 
 
Qatag‘on davrini ilmiy jihatdan o‘rganayotgan olimlardan biri, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ilmiy xodimi Bahrom Irzayev bilan qatag‘on davri siyosati, uning oqibatlari xususida suhbatlashdik. 
 
Suhbatimiz davomida qatag‘on siyosatining boshlanish sabab va omillari, “Katta qirg‘in” davrida nima uchun dastlab davlat rahbarlari, ziyolilar, adabiyot namoyandalari, ma’naviyat peshvolari tanlab olingani, bu mash’um davrda O‘zbekiston hududidan qancha vatandoshimiz qurbon bo‘lgani borasida so‘z boradi. 
 
Shuningdek, qatag‘on davrini yanada chuqur o‘rganish, tadqiq qilish, targ‘ib etish, ayniqsa, yosh avlodga yetkazishda ilmiy soha vakillari oldida turgan vazifalar, to‘siq bo‘layotgan ayrim muammolar haqida to‘xtalib o‘tildi. 
 
Quyidagi videohavolada suhbatimizning to‘liq shakli bilan tanishishingiz mumkin. 


Muhtarama Komilova, 
Nishon Abduvoitov (video), O‘zA