Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixdagi eng yirik kripto jinoyat fosh etildi
23:05 / 2025-10-15

AQSH va Buyuk Britaniya hamkorlikda tarixdagi eng yirik kripto valyuta bilan bog‘liq firibgarlik amaliyotini fosh etdi. Rasmiylar Kambojalik tadbirkor Chen Ji boshchiligidagi “Prince Group” orqali 14 milliard dollarlik Bitkoin noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilganini ta’kidlamoqda.

Amerika Adliya vazirligi Chen Jini “inson azob-uqubatiga asoslangan jinoiy imperiya” yaratishda aybladi. Prokurorlar fikricha, kompaniya jabrlanuvchilarni soxta investitsiya loyihalari orqali aldab, kripto valyuta yuborishga undagan.

Tergov hujjati Kambojada o‘nlab “firibgarlik markazlari” tashkil etilgani, ishchilar majburiy mehnatga jalb qilinganidan guvohlik bermoqda. “Telefon firmalari”da minglab soxta ijtimoiy tarmoq akkaunti orqali jahon bo‘ylab odamlar aldanib, pulini yo‘qotgan.

AQSH hukumati 127 000 dan ortiq Bitkoinni musodara qildi. Bu tarixdagi eng yirik kripto valyuta o‘zlashtirilishi holati. Buyuk Britaniya esa Londonda Chen Ji tarmog‘iga tegishli 19 mulkni, jumladan 100 million funt sterling qiymatga ega ofis binosini muzlatdi.

Ikkala davlat ham Chen Ji bilan bog‘liq “Prince Group”, “Jin Bei Group”, “Golden Fortune Resorts” va “Byex Exchange”ni sanksiya ro‘yxatiga kiritdi.

Amerika rasmiylari ayblanuvchi kompaniya odam savdosi, majburiy mehnat va qiynoq bilan shug‘ullanganini da’vo qildi. U hozircha qochqin. Mabodo aybdorligi isbotlansa, 40 yilgacha qamoqqa hukm qilinishi mumkin.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Ivett Kuper shunday dedi:

– Ular zaif insonlarni aldab, Londonda hashamatli uylar sotib olib, pul yuvishgan. Bu jinoyatlarga qarshi qat’iy choralar ko‘ryapmiz.

Musulmon Ziyo, O‘zA