Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixdagi eng baxtsiz avlod
11:07 / 2025-11-12

Garvard va Beylor universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, Z avlod (18–29 yoshdagilar) tarixdagi eng baxtsiz avlodga aylangan. 22 ta mamlakatdan 200 mingdan ortiq respondentlar ishtirok etgan so‘rov natijalarida an’anaviy “baxt egri chizig‘i” o‘zgargani aniqlangan.

Avvallari odamlar yoshlikda eng baxtli, o‘rta yoshda nisbatan tushkun, keksalikda esa yana hayotdan mamnun bo‘lgan. Endilikda bu chiziq tekis tus olgan — yoshlar quvonch hissini erta yo‘qotmoqda va uni qayta tiklash uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lmoqda.  

Z avlod vakillari orasida xavotir, depressiya, moliyaviy muammolar va hayot ma’nosining yo‘qligi keng tarqalgan. Ko‘pchilik o‘zini yolg‘iz, foydasiz va kelajagiga ishonchsiz his qiladi.  

“Bu juda tashvishli holat. Biz yoshlar farovonligiga yetarlicha sarmoya kiritayapmizmi?” — deydi tadqiqot mualliflaridan biri, Garvard olimi Tayler Vandervil.  

Mutaxassislar bu holatni jamiyat bosimi, siyosiy beqarorlik va salbiy axborot oqimi bilan bog‘lashmoqda. Agar bu tendensiya davom etsa, inson hayotidagi “baxtli yosh davri” tushunchasini qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/dqBl8VB7iDw?si=6CB1Oxpj5SazA5bh" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA