Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixda iz qoldirgan ayollar
11:24 / 2024-09-05

Asrlar davomida ayollar ilm-fan, san’at, siyosat va jamiyat rivojiga beqiyos hissa qo‘shib kelgan. Masalan: Radiy moddasini kashf etgan ham, saraton kasalligiga davo topishga ulkan hissa qo‘shgan ham, hatto Pentagon hujjatlari nashriyotchisi ham ayol kishi bo‘lgan.

Shu sabab bugungi mavzuyimiz tarixda iz qoldirgan ayollar haqidadir.  

1. "Ilm bizdan qurbonlikni talab qiladi, ammo muhim narsaga erishmoqchi bo‘lsak, bu zarur",- deydi polshalik olima Mariya Kyuri. U ayollar ichida Nobel mukofotiga birinchilardan sazovor bo‘lgan. Shuningdek fizika va kimyoga qo‘shgan hissasi uchun ushbu mukofotni ikki marta olgan birinchi shaxsdir. Maria nafaqat radioaktivlikni kashf etdi, balki tibbiy diagnostikada inqilob yaratgan rentgen apparatlarining rivojlanishiga yo‘l ochdi. Uning qat’iyati va qiziquvchanligi o‘z shaxsini ilm-fan olamining timsoliga aylantirdi.  

2. Buyuk Britaniyada ayollar huquqlari uchun kurashga o‘z hayotini bergan ayol Emmelen Pankurstdir. "Biz ishontirish uchun emas, balki bizga kerak bo‘lgan narsani olish uchun kurashamiz",-degan u. Pankurst nafaqat ayollarning saylov huquqi uchun faol kurash olib bordi, balki teng huquqlilik uchun ayollar harakatining ramziga aylandi.  

3. Koko Chanel, moda inqilobchisi, ayollar uslubini qayta belgilagan shaxs; ayollarning kundalik kiyimlariga qulaylik va nafislikni kiritish orqali ayollar modasi haqidagi tasavvurni o‘zgartirdi. "O‘rnini almashtirib bo‘lmaydigan bo‘lish uchun siz doimo boshqacha bo‘lishingiz kerak",-degan u.  

4 "Kelajak o‘z orzularining go‘zalligiga ishonadiganlarga tegishli". Bu so‘zlar muallifi Eleonora Ruzvelt bo‘lib, u inson huquqlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynagan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini yaratishda faol ishtirok etib, huquq va erkinliklarni himoya qilishning eng muhim vakillaridan biriga aylandi.  

5. «Insonning hayoti muhabbat, do‘stlik, g‘azab va mehr-oqibat orqali o‘zgalar hayotiga mazmun bag‘ishlagandagina qadrlidir». Bu jumlalar ko‘pchilikga tanish bo‘lsa kerak. Uning muallifi Simona de Bovuar bo‘lib, u fransuz faylasufi, jamiyatdagi ayollarning sharoitlarini chuqur o‘rgangan va feministik harakat asoschilaridan biriga aylangan.  

Ayol bu nozik hilqat bo‘libgina qolmay, katta jasorat va kuch egalari ekanini tarix ham bugun ham ko‘rsatib kelmoqda.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NkoOZAqTDzI?si=N5tzDVrR4JeKDJmg" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Toshtemirova,  Iskandar Ismatov (video), O‘zA.