Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixchi olimlar muloqoti
17:31 / 2026-02-02

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida Xitoy Ijtimoiy fanlari akademiyasining Jahon tarixi instituti direktori va institut vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo hamda Jahon tarixi instituti direktori, professor Liu Juokui o‘zaro hamkorlik bo‘yicha qizg‘in muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida reja ishlab chiqish, O‘zbekiston va Xitoy tarixiga oid manbalarni birgalikda o‘rganish xususida atroflicha so‘z yuritildi.  

Shu bilan birga, qadimgi xitoy tilidagi manbalarni o‘qiy oladigan mutaxassislar tayyorlash, tarixchi yoshlar uchun akademik almashinuv, qo‘shma ilmiy yig‘inlar va mutaxassislar ma’ruzlarini tashkil etish muhimligiga e’tibor qaratildi.  

Samimiy   va do‘stona ruhda kechgan ilmiy muloqot davomida  “Turon – Xitoy tamadduni jahon tarixida” mavzusidagi qo‘shma loyihasi muhokama qilindi.

N.Usmonova, O‘zA