Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixchi olim Adib Xolid yoshlar bilan uchrashdi
15:12 / 2025-12-05

“Turkistonda jadidchilik” kitobi muallifi, tarixchi olim Adib Xolid Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurib, agentlik loyihalari bilan tanishdi.

Adib Xolid — tarixchi va ijtimoiy antropolog olim, Markaziy Osiyo muammolari bilan shug‘ullanadi. Karlton Kolleji (AQSH) tarix kulliyoti professori. Adib Xolid rus, o‘zbek va tojik tilidagi manbalar bilan ishlaydi. Uzoq yillar davomida O‘zbekiston, Turkiya, Pokiston va Rossiyada yashagan.

Taniqli olim “O‘zbekiston tavalludi”, “Turkistonda Jadidchilik”, “Markaziy Osiyo” kabi kitoblarning muallifi.  

Adib Xolid avvalo, “Yoshlar uchun 1000 kitob” loyihasi jamoasi bilan uchrashib, asarining o‘zbek tiliga tarjima qilingani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, "Qizlar akademiyasi", "Mutolaa", "WikiStipendiya" va"UzChess" loyihalari faoliyati bilan ham tanishdi. Tashrif yakunida olim jamoaga muvaffaqiyat tilab, loyihalar unga juda yoqqanini ta’kidladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA