Insonning tarixiy xotirasi va ma’naviy merosi eng avvalo shaharlarda namoyon bo‘ladi. Har bir shahar o‘zining betakror me’moriy qiyofasi, madaniy an’analari va ijtimoiy hayoti bilan millatlar ruhi va ijodkorlar ilhomini o‘zida mujassam etadi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasida Birodar shaharlar alyansi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda “Shaharlar tarixi va badiiy meros” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbir avvalida an’anaga muvofiq mehmonlar Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitaga tutash hududda joylashgan milliy madaniy markazlar pavilonlariga tashrif buyurdilar.
Bu yerda mehmonlar O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan turli milliy madaniy markazlar bilan tanishdi va har bir millatning madaniyati, urf-odatlari, milliy liboslari, hunarmandchilik namunalarini tomosha qildilar.
Ushbu madaniy tanishtiruv mamlakatimizda turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashga xizmat qiluvchi yana bir yorqin ko‘rinish bo‘ldi.
Tadbir davomida shaharlarning tarixi, badiiy qiyofasi va madaniy merosini saqlashning ahamiyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Birodar shaharlar alyansi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumi esa bu yo‘nalishdagi hamkorlikning yangi bosqichiga yo‘l ochdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/9cbmIvTSLv4?si=SFbJZJTJwz3NuwLa" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nigora Rahmonova,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj)
O‘zA