Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolga prokurorlar tomonidan o‘lim jazosi hukmi so‘ralmoqda.
Seul Markaziy tumani sudiga yakuniy dalillarni taqdim etgan prokuror Yun va sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Xyun 2023 yil oktyabr oyidan boshlab lavozimda qolish uchun reja tuzganini ta’kidladi. Uning aytishicha, “Yun favqulodda harbiy qonunni tasdiqlab, liberal demokratiyani himoya qilish maqsadini ko‘zlagan. Konstitutsiyaga zid, noqonuniy ushbu qadam Milliy Assambleya va Saylov Komissiyasi ishini buzgan, liberal demokratik tartibni yo‘qqa chiqargan”.
Sud zalida Yun bu holatga boshini chayqab, kulib munosabat bildirdi. Uning ba’zi tarafdorlari ham shovqin solib, qarorga qarshi chiqish. Natijada sudya tartib saqlashni talab qilishga majbur bo‘ldi.
Ma’lumki, e’lon qilingan Favqulodda harbiy holat atigi olti soat davom etgan. Shunga qaramay, Osiyodagi to‘rtinchi yirik iqtisodiyot, AQSHning muhim strategik ittifoqchisi, ko‘p yillik barqaror demokratik tizimga ega bo‘lgan mamlakat siyosiy hayotida jiddiy norozilik uyg‘otdi.
Tabiiyki, 65 yoshli Yun aybini tan olayotgani yo‘q. “Yonhap” agentligiga bergan izohida u harbiy qonun “xalqni vayron qilishi mumkin bo‘lgan yovuz kuchlardan himoya” vositasi ekanini bildirgan. Tegishli qarorni prezident sifatidagi vakolatiga muvofiq, hukumatga qarshi muxolifatni ogohlantirish maqsadida chiqarganini ta’kidladi.
Sud 19 fevral kuni yakunlanadi. Prokurorlar so‘ragan o‘lim jazosi sud tomonidan tasdiqlanmasligi ham mumkin. 1995-1996 yillarda sobiq prezidentlar Chun Du Xvan va Ro Tae Vu ham o‘lim va umrbod qamoq jazosiga uchragan. Keyinchalik hukm yengillashtirilib, qisqa muddatli qamoqdan so‘ng Prezident tomonidan afv etilgan.
Amaldagi yetakchi Li Chje Myon idorasi sud qarori qonun, qabul qilingan tamoyillar va xalq kuzatuviga muvofiq kelishiga ishonch bildirdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA