Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Targ‘ibotning asosiy vositasi
15:01 / 2025-02-03

FOTOREPORTAJ

Gazetalar har qanday davrda ma’naviyat chirog‘i, jamiyat siyratiga sayqal, ommaviy axborot va targ‘ibotning asosiy vositasi bo‘lib kelgan. Xalq ma’naviy qudratini yuksaltirishga, omma ijtimoiy ongini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Aytish joiz bo‘lsa, hokimiyat va jamiyat o‘rtasida xolis vositachi vazifasini o‘taydi.

Navoiy viloyati Tomdi tumani hokimligi muassisligidagi “Tomdi chorvadori” (“Tamdы sharuagerі”) gazetasi 1938 yildan buyon nashr etib kelinadi.  O‘ziga xos tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan ushbu nashr o‘z o‘quvchilariga ega.  

Kuni kecha O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi raisi Otabek Aslonov Tomdi tumanida bo‘lib, ushbu gazeta tahririyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  

[gallery-21570]

Tahririyatga tashrif davomida ushbu gazeta jamoasining bugungi kundagi faoliyati, o‘tgan tarixiy davrlar, ustoz jurnalistlar hayoti haqida samimiy suhbat qurildi. Jamoatchilikka yangiliklarni xolis, haqqoniy yetkazish, matbuot va so‘z erkinligi, kasb etikasi talablariga rioya qilish masalalari, gazetada so‘z mas’uliyati haqida o‘zaro fikr almashildi.  

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA