Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Targ‘ibotchi faoliyati qanday bo‘lishi kerak?
18:51 / 2022-01-12

Andijonda umumta’lim maktablarida ijodiy-madaniy muhitni takomillashtirishda targ‘ibotchining vazifalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limlari hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon shahar bo‘linmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Andijon shahridagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ishtirok etdi.

Bugun umumta’lim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari qay darajada ish olib bormoqda, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni qay darajada uddalamoqda, ularni qanday muammolar qiynamoqda, o‘tgan davr mobaynida qanday natijalarga erishildi?

[gallery-5414]

Seminar-treningda ana shu masalalar xususida so‘z yuritilib, amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

– Maktablardagi ijodiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, ijodkor yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida ko‘plab targ‘ibotchilar samarali faoliyat yuritmoqda, – deydi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Maxpuraxon Ortiqova. – Lekin o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan qarayotgan, shuningdek, umuman layoqati bo‘lmasdan shu vazifada ishlayotganlar ham yo‘q emas. Maqsadimiz targ‘ibotchilarga, umuman, mazkur yo‘nalishdagi ishlar sifati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdir.

Tadbirda mutasaddilar hamda ishtirokchilar tomonidan targ‘ibotchilar faoliyatini kuchaytirish, ijodkor o‘quvchilar bilan ishlash samaradorligi va natijadorligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi. Tashkilotchilar tomonidan bu kabi seminar-treninglarni viloyatning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazish belgilangan.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA