Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Targ‘ibot uchrashuvlari davom etmoqda
10:38 / 2023-07-04

G‘ozg‘on shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Navoiy viloyatidagi ishonchli vakili Baxtiyor Toshev saylovchilar bilan uchrashdi.

Dastlab saylovchilarga nomzodning tarjimai holi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturida belgilangan 9 yo‘nalishdagi 100 ga yaqin g‘oya hamda tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berildi.  

Ta’kidlanganidek, dasturda mamlakatimizda ijtimoiy adolat, tenglik va xalq hokimiyatchiligi mezonlariga mos keladigan demokratik ijtimoiy davlatni barpo etishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, dasturda har bir shaxsning uy-joy, kommunal xizmatlar, zamonaviy ta’lim va malakali tibbiy yordam, madaniyat va sport, munosib ish haqi olishga bo‘lgan huquqlarini adolatli va teng ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha muhim qonunlarni qabul qilish va ularni amalda ijrosini ta’minlash eng muhim masala sifatida ilgari surilgan.

– Davlat aholi manfaatlarini to‘laqonli ta’minlash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat olib borishi uchun bir qator jihatlarga e’tibor qaratishi lozim, – dedi ishonchli vakil. – Jumladan, aholining ehtiyojmand qatlami sharoitlarini yaxshilash, har bir insonning birlamchi hayotiy ehtiyojlariga yetadigan eng kam iste’mol xarajatlarini qonun darajasida belgilash, fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish hamon dolzarbligicha qolmoqda. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rish, o‘zini o‘zi band qilgan deb hisoblanadigan faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirish, ishsiz ayollar sonini kamaytirish, mehnat migrantlari uchun kasb-hunar, til va yuridik savodxonlik bo‘yicha maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish muhim vazifalardan sanaladi.  

Nomzodning dasturida milliy qonunchilikni BMTning Nogironlar huquqlari bo‘yicha Konvensiyaning tamoyillari va me’yorlariga muvofiqlashtirish, yurtimizda BMTning “Nogironlarga nisbatan umumjahon harakatlar dasturi”ni amalga oshirish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rish masalalari ilgari surilgan.  

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasidan nomzod Ulug‘bek Inoyatovning saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlashlarini va saylovda ushbu nomzodga ovoz berishga chaqirdilar.

 

A.Bo‘riyev, O‘zA