French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
17:45 / 2025-12-16

Buxoro viloyati Kogon tumanining “Siyozpoyon” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Ta’kidlash lozim, hudud suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan. “Kogongaz” gaz ta’minoti korxonasi tomonidan aholiga maishiy gaz ballonlari 40 kunga bormay yetkazib berilmoqda. Bu galgi jarayon davomida bevosita gaz ta’minoti korxonasi hamda Kogon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan targ‘ibotlar olib borildi.

Tadbirda gaz ballonlarini faqat maishiy ehtiyoj uchun ishlatish lozimligi ta’kidlanar ekan, ulardan to‘g‘ri foydalanish, o‘rnatilishi borasida ham tavsiyalar berildi.

– Ko‘p hollarda iste’molchilar gaz ballonlari hamda gazdan noto‘g‘ri foydalanib kelishadi, natijada esa turli baxtsiz hodisalar kelib chiqishi mumkin. Xodimlar mahalla fuqarolari uchun olib borgan targ‘ibotda ularning ham ko‘pchiligi tomonidan gaz ballonlarining o‘rnatilishiga ahamiyat qaratilmaganligining guvohi bo‘ldi. Achinarlisi, xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan holda foydalanilmoqda. Bunday noto‘g‘ri xatti-harakat sabab turli baxtsiz hodisalar kelib chiqishi mumkinligi soha xodimlari tomonidan ta’kidlandi, – deydi “Kogongaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi Zamon Ro‘ziyev. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.