Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Targ‘ibot tadbirlari faol va samarali o‘tmoqda
19:15 / 2025-11-25

Andijon viloyatida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” shiori ostida tezkor profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3 noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida shu yilning 20 noyabridan 20 dekabriga qadar ichki ishlar tizimida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi deb e’lon qilinib, oylik doirasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

Jumladan, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mutasaddilari tomonidan Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda farmonning mazmun-mohiyati, maqsadi haqida keng ma’lumot va tushunchalar berildi. Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini ta’minlash, aholi bilan munosabatda xushmuomala bo‘lish hamda xizmat intizomiga qat’iy rioya etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Tizim xodimlari fuqarolarni ushbu oylik doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqirmoqda. Ya’ni giyohvandlik moddalari yoki kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari tarqalishining oldini olish, bu kabi holatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lsa,  @stopnarko_bot  telegram boti orqali soha xodimlariga zudlik bilan murojaat qilishlari, tinchligimizni, hayotimiz va salomatligimizni asrab-avaylash jarayonida faol ishtirok etishlari targ‘ib etilmoqda. 

Shu bilan birga, oylik doirasida Andijon viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan ham keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari transport harakati gavjum ko‘cha va chorrahalarda haydovchilarga oylik tadbirlarida faol ishtirok etish, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish muhimligi tushuntirilib, ularga mavzuga oid buklet va flayerlar tarqatmoqda.

Uyushqoqlik va yuqori ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari ana shu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. 

F.  Ubaydullayev, 

Z. Umrzoqov (foto),

O‘zA muxbirlari