Har bir mamlakat Konstitutsiyasi uning siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. Joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan referendum arafasida joylarda Qashqadaryo viloyati sud organlari tomonidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Kitob tumanining Bashir mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Qashqadaryo viloyati sudlari mas’ullari hamda qishloq aholisi ishtirok etdi. Tadbir aholining huquqiy savodxonligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalardan xabardorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuvda so‘z olgan Qashqadaryo viloyat sudi raisi Abduqayum Mahkamov joriy yilning 30 aprel sanasida mamlakatimizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan referendum hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasiga asosan o‘zgartirishlar, moddalar va bandlar mazmun-mohiyati xususida fikrlarini bildirishdi.Shuningdek, mazkur referendumda har bir inson o‘z ovozini berish yo‘li bilan xalq farovonligi va yurt ravnaqiga hissasini qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

O‘lmas Barotov, O‘zA.