Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Targ‘ibot tadbirida yoshlar faol ishtirok etdi
17:05 / 2021-10-14

O‘tayotgan har bir kun bizni mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi sanasiga tobora yaqinlashtirmoqda.

Ayni paytda Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan aholining saylovga oid bilimlarini oshirish, ushbu siyosiy jarayonda fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida shahar va tumanlarda turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Kosonsoy tumanida tuman hokimligi, Ichki ishlar bo‘limi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi hamda qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Men saylash huquqiga egaman" xeshtegi ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir doirasida bo‘lib o‘tgan yurish marafoni tuman markazidagi "Yoshlar xiyoboni"dagi tantanali konsert dasturiga ulanib ketdi. Tadbir yakunida Kosonsoy tumani hokimi Bahodir Yusupov marafonda g‘olib bo‘lgan faol yoshlarga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek, tadbir davomida tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil etilib, vaqtincha ishsiz bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘zlariga maqbul ish joylariga ega bo‘ldi.

– Mazkur tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad, Prezident saylovida tuman yoshlarini ko‘tarinki ruhda, faol ishtirok etishga chorlash, – deydi Yoshlar ittifoqi Kosonsoy tumani kengashi raisi Muhammad Xo‘jaxonov.  

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA