Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Targ‘ibot poyezdi” Toshkent viloyatida
14:19 / 2023-12-02

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini chuqur va har tomonlama o‘qib-o‘rganishimiz, unga amal qilishimiz har bir fuqaroning kundalik vazifasidir.

Aholining, ayniqsa, yoshlarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini rivojlantirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik, ijtimoiy va siyosiy islohotlarga yoshlarning faol jalb qilinishiga asosiy maqsad sifatida qaralmog‘i zarur.  

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida hududlarda “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi o‘tkazilmoqda.

“Targ‘ibot poyezdi”ning navbatdagi manzili Toshkent viloyati bo‘ldi.  

– Adliya boshqarmasi, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchi va talabalaridan iborat guruh a’zolari ishtirokida Toshkent davlat texnika universiteti va Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq shahridagi filiallari, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali, yuridik texnikum va 2-sonli kasb-hunar kollejida uchrashuvlar o‘tkazildi, – deydi adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Dilshod Turdimuhammadiyev.  

Tadbirda yoshlarning konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlash va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida yosh targ‘ibotchilar tomonidan turli interfaol o‘yinlar hamda tanlovlar tashkil etildi.  

Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.  

“Targ‘ibot poyezdi” viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari va ta’lim muassasalariga boradi.  

A.Musayev, 
O‘zA muxbiri.