Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Targ‘ibot poyezdi”– Namanganda!
09:29 / 2025-12-06

Ayni vaqtda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Prezidentimizning 2025 yil 21 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalaridan iborat targ‘ibot guruhi a’zolari Namangan davlat pedagogika instituti bo‘ldi. Tadbir ishtirokchilariga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan huquq va erkinliklar, yangi normalar, uning muhim jihatlari xususida batafsil ma’lumot berdi. 

Bu borada yoshlarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Kahoot” elektron tizim orqali test o‘tkazildi. Ushbu onlayn testda g‘olib, deb topilgan bir qator talabalar Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Namangan viloyati adliya boshqarmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Huquqiy targ‘ibot poyezdi vakillari Namangan shahrida zamonaviy ko‘rkam qiyofa kasb etgan 3-sonli umumta’limi maktabida ham bo‘ldi.

Bosh Qomusimizning o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbatida o‘quvchilar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmuni, unda belgilangan normalar, ayniqsa, fuqarolarning huquq va majburiyatlari haqida ko‘rgazmali tartibda tushunchalarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi haqida ma’lumot berildi.

Viloyat markazidagi yana bir ta’lim maskani 12-sonli maktabda bo‘lib o‘tgan targ‘ibot mashg‘ulotida Qonunimizda mustahkamlangan eng asosiy prinsiplar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarning Konstitutsiya borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida interaktiv viktorina uyushtirildi. Ishtirokchilar savollarga faollik bilan javob berib, fikrlash qobiliyati va dunyoqarashini namoyon qildi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan faol qatnashchilarga esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining ma’no-mazmunini xalqimizga, xususan yoshlar ommasiga yetkazishga qaratilgan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida tashkillangan “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi Davlatobod tumanida joylashgan Ishoqxon To‘ra Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti talaba-yoshlarini ham o‘ziga qamrab oldi. Bosh Qomusimizning mohiyati yuzasidan keng tushuntirishlar berishga qaratilgan tadbir davomida qiziqarli viktorina o‘tkazilib, ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.