Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Targ‘ibot ishlari yanada takomillashadi
07:34 / 2022-06-29

Andijonda konsepsiya doirasidagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi viloyat ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targ‘ibot tadbirlari konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarorida OIV infeksiyasining aholi, ayniqsa, yoshlar orasida tarqalishining oldini olish borasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq qator vazifalar belgilangan.

Jumladan, konsepsiyada aholi o‘rtasida odam immuniteti tanqisligi virusi infeksiyasi xastaligi kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha fuqarolar xabardorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, aholining turli qatlamlari, xususan, OIV infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar, shuningdek, kasallangan bemorlarning yaqinlari orasida tushuntirish, targ‘ibot ishlari qamrovini kengaytirish, aholi gavjum bo‘ladigan hududlar – bozorlar, vokzal, aeroport, istirohat bog‘larida olib borilayotgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalarida “Salomatlik volontyorlari” harakatini shakllantirish kabi ko‘plab ishlarni amalga oshirish qayd etilgan.

– Mazkur hujjatga asosan, viloyatlarda hududiy ishchi guruhlar tashkil etildi, – deydi viloyat SPIDga qarshi kurashish markazi bosh shifokori, hududiy ishchi guruh rahbari Bahromjon Qorayev. – Ishchi guruhning asosiy vazifasi qarorda belgilangan vazifalarni samarali tashkil etilishiga ko‘maklashish va muvofiqlashtirib borishdan iborat. Andijon viloyati SPIDGA qarshi kurashish markazida o‘tkazilgan viloyat ishchi guruhining yig‘ilishida ishchi guruh raisi ishtirokchilarga konsepsiyaning mazmun-mohiyati, ahamiyati xususida tushuntirishlar berdi, konsepsiyada qayd etilgan ishlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi, muhim vazifalar belgilab olindi.

 

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA