Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Targ‘ibot ishlari davom etmoqda
13:47 / 2024-09-07

Buxoro viloyatida Bosh prokuror o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori B.Kudratxodjayev tomonidan bir qator ob’ektlar hamda aholi xonadonlarida energiya resurslarini iqtisod qilish imkoniyati o‘rganildi.

Muloqotlar chog‘ida tadbirkorlarga energiya resurslaridan oqilona foydalanishning afzalliklari va ularni talon-toroj qilishning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, Buxoro shahridagi Bolalar ftiziatriya sihatgohi hamda 39-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shu jumladan, bu yo‘nalishda energiya tejamkor uskunalarni tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

G‘ijduvon tumanida “Parvoz xumo ravnaq trans”, “Navoiy smart palas” MCHJlarda va aholi xonadonlarida energiya resurslarini iqtisod qilish imkoniyati bevosita o‘rganilib, ortiqcha iste’molga sabab bo‘layotgan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rildi.

So‘ngra, Abduxoliq G‘ijduvoniy mahallasida tadbirkorlar va aholi vakillari uchun energiya tejamkor uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, energiya resurslaridan oqilona foydalanishning afzalliklari xususida tushuntirishlar berildi.

O‘rganishlar tumanning Nodirabegim mahallasida, shuningdek, Shofirkon va G‘ijduvon tumanlari IIB tuzilmalari hamda qo‘riqlash bo‘limlarida, Vobkent tumani qo‘riqlash bo‘limida davom ettirilib, ularda mahalla yettiligi faoliyatiga va jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri.