French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Targ‘ibot guruhining navbatdagi majlisi
10:44 / 2025-06-02

Davlatimiz rahbarining joriy yil 3 yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tojiyev rahbarligidagi respublika targ‘ibot guruhining navbatdagi majlisi Xo‘jayli tumanida bo‘lib o‘tdi.

Unda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari va ularning o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar ishtirokida mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, aholi, xususan, voyaga yetmaganlar orasida sog‘lom muhitni shakllantirish borasidagi vazifalar muhokama qilindi. Bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ullar hisoboti tinglandi.

Majlis yakunida “Oila-mahalla-maktab” hamkorligini tizimli tashkil etishga qaratilgan Xo‘jayli tajribasini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini qisqa muddatda ishlab chiqib va uni muhokamaga kiritish haqidagi taklif ishtirokchilar tomonidan ma’qullandi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri