FOTOREPORTAJ
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tasarrufidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtda 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan tarbiyasi og‘ir va salbiy xatti-harakatlar sodir etishga moyil yoshlardan 30 nafari bilan bir oy davomida qator ijtimoiy-huquqiy va psixologik mazmundagi tadbirlar o‘tkazildi. Bu yigit-qizlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning kelgusida biror bir huquqbuzarlik sodir etishi yoxud o‘zlari huquqbuzarlik va jinoyat qurboniga aylanishining oldini olish maqsadlariga yo‘naltirilgan ushbu tadbirlar Toshkent shahar prokuraturasi, Yoshlar ishlari agentligi shahar boshqarmasi, mudofaa ishlari boshqarmasi, maktabgacha va maktab ta’limi bosh boshqarmasi hamda sport bosh boshqarmasi hamkorligida qo‘shma dastur asosida tashkil etildi.
[gallery-17391]
Tadbir davomida qo‘shma dasturda faol ishtirok etgan mas’ul shaxslarga “Vatan” faxriylar fondi tomonidan medallar topshirildi. Yoshlarga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i va homiylar tomonidan esdalik sovg‘asi sifatida sport kiyimlari, sport anjomlari hamda yashash hududlaridagi sport maktablarida mashg‘ulotlarda bepul qatnashishi uchun sertifikat taqdim etildi.
Markazda an’ana tusini olgan profilaktik tadbirlarning yana biri konsert dasturi va sirk artistlarining chiqishlari bilan nihoyasiga yetdi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA