Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taraqqiyotning yangi ufqlari
18:31 / 2018-06-07

Milliy matbuot markazida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari eksport salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Milliy matbuot markazida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari eksport salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari F.Boboyev va boshqalar Prezidentimizning 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohani rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

– Qarorga muvofiq korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023-yilning 1-yanvarigacha soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar bo‘yicha imtiyozlar berildi. Uyushmaga esa xom ashyoni qayta ishlashda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, mahsulot turlarini diversifikatsiyalash va eksport qilinadigan tovarlarni kengaytirish asosida ularning jadal rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, yarim tayyor charmni eksport qilish jarayonini samarali monitoring qilish kabi vazifalar yuklatildi, – dedi F.Boboyev.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan 2017-yilda charmpoyabzal mahsulotlari 17 davlatga eksport qilingan bo‘lsa, joriy yil yakunida bu ko‘rsatkichni 24 taga yetkazish rejalashtirilgan. O‘tgan yilda 81 million AQSH dollarilik mahsulot eksport qilingan.

Matbuot anjumanida uyushma qoshida yangi tashkil etilgan tashkilotlar “O‘zcharmimpeks” unitar korxonasi hamda Charm-poyabzal sohasini yanada rivojlantirish jamg‘armasi haqida ma’lumot berildi.

“O‘zcharmimpeks” unitar korxonasi korxonalarga marketing, charm-poyabzal, charm-attorlik, mo‘ynachilik, qorako‘l va jun mahsulotlari eksportini amalga oshirish, xorijiy sheriklar bilan tuzilgan shartnomalar asosida hamda xorijda tashkil etilgan savdo uylari orqali eksport qilish, tarmoq tashkilotlariga texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va boshqa materiallarini yetkazib berishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi.

Charm-poyabzal sohasini yanada rivojlantirish jamg‘armasining vazifasi esa sohada kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimini joriy qilishga moliyaviy yordam ko‘rsatishdan iboratdir.