Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taraqqiyot yo‘lidagi 90 kun: loyiha va tashabbuslar amalda (+Video)
10:59 / 2025-07-15

Yozgi dam olish mavsumi — bu nafaqat bolalarning hordiq chiqarish va dam olishi uchun qulay davr, balki ularning bo‘sh vaqtini mazmunli, samarali va tarbiyaviy jihatdan boyitilgan shaklda tashkil etish imkoniyatidir.

Shu maqsadda yurtimiz bo‘ylab keng miqyosda amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kunlik” tashabbusi har tomonlama yetuk, sog‘lom va vatanparvar avlodni voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida Toshkent viloyatida joylashgan oromgohlarda Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda sport, madaniy ko‘ngilochar tadbirlarni tashkillashtirib, bolajonlarning ham sport bilan shug‘ullanishlari va bilimlarni egallashlariga  alohida e’tibor qaratmoqda.  

Ana shunday vatanparvarlik tadbirlarining navbatdagisi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi.  

Tadbir davomida yoshlar uchun kamondan otish, shaxmat-shashka, sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Ayniqsa, bolajonlar kamondan otish musobaqasida faol ishtirok etdi.

Bundan tashqari, yoshlarni intellektual salohiyatini kitob o‘qishga qiziqish orqali oshirish maqsadida  “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Bu kabi tadbirlar ularning erkin fikrlashi, jamoada boshqaruvchanlik xususiyatlarini shakllanishiga turtki bo‘ladi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/h9LHpejcwDU?si=8DTGeoqULOxfHFVl" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, Anvar Ahmedov (montaj), O‘zA