Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari Namangandagi kichik sanoat zonasiga bordi
19:25 / 2022-07-04

Mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”da sanoatning yetakchi tarmoqlari va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish, to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini ikki baravarga, charm-poyabzal ishlab chiqarishni uch baravarga, qurilish materiallarini ikki baravarga ko‘paytirish, shu bilan birgalikda hududiy iqtisodiyotni 1,4 – 1,6 baravarga oshirish ko‘zda tutilgan.

Bularning barchasiga esa kichik sanoat zonalaridagi mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, mamlakatda biznes yuritish muhitini yanada yaxshilash, xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali erishish mumkin.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov kichik sanoat zonalaridagi mavjud imkoniyatlar, mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar bilan yaqindan tanishish maqsadida Namangan viloyatiga xizmat safari chog‘ida Namangan shahridagi Barkamol avlod mahallasi hududida barpo qilingan shu nomdagi kichik sanoat zonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Eldor Tulyakov tadbirkorlar bilan uchrashdi va ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar bilan atroflicha tanishdi. Shuningdek, kichik sanoat zonasidagi korxonalar faoliyati, ish jarayoni, shart-sharoitlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati ham ko‘zdan kechirildi. 

Tadbirkorlar bilan suhbat davomida markaz rahbari mahsulotlarning zamon talablariga javob berishi, yuqori sifatli, eng muhimi, xalq uchun hamyonbop bo‘lishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Master klass” mas’uliyati cheklangan jamiyati, ko‘rpa-to‘shak ishlab chiqaruvchi sexlar, qurilishi yakunlanayotgan tikuvchilik sexiga ham borildi. Ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA