Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taraqqiyot ob-havoga bog‘liqmi?
14:41 / 2021-08-18

bugungi hayotimizni, ayniqsa, jamiyat taraqqiyotini gidrometeorologiya xizmatlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Nafaqat iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, aviatsiya kabi ko‘plab tarmoqlarning faoliyati, umuman olganda, davlat xavfsizligi ob-havoning qanday kelishiga bog‘liq.

“Gidrometeorologiya sohasida oxirgi yillarda qilingan o‘zgarishlar, yangiliklar, iqlim o‘zgarishi muammolari, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “O‘zgidromet” ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, turli ob-havo hodisalarini prognozlash va aholini o‘z vaqtida xabardor etish ishlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan salmoqli ishlar xususida so‘z yuritildi.

Gidrometeorologiya xizmati markazining faoliyati inson hayoti va mulkini himoya qilish, atrof muhitni monitoring va muhofaza qilish, barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish, mamlakatimiz fuqarolari hayotining farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan mamlakat iqtisodiyoti xavfsizligini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq. Shu munosabat bilan "O‘zgidromet" Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik deklaratsiyasida bayon etilgan Taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

– Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 17 noyabrdagi  qarorining qabul qilinishi taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirishning yaqqol misoli,–deydi "O‘zgidromet" bosh direktori Sherzod Habibullayev. – Qarorga muvofiq, "O‘zgidromet" yangi maqomga ega bo‘lib, o‘z faoliyatini kengaytirdi. Hozirgi vaqtda "O‘zgidromet" meteorologiya, agrometeorologiya, gidrologiya hamda atrof-tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatmoqda, iqlimiy ma’lumotlar bilan ta’minlab, xavfli gidrometeorologik hodisalar monitoringini olib bormoqda.

Sohaning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, shu jumladan, kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish bo‘yicha ham xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bazasida Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda yangi gidrometeorologiya fakulteti 2021-2022 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi.

Toshkent gidrometeorologiya texnikumida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish orqali 2021-2022 o‘quv yilida 240 nafar talabani qabul qilish uchun kvotalar ajratildi. Shuningdek, bugungi kunda qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikalaridan ham talabalar texnikumda ta’lim olmoqda.

Jahon banki bilan hamkorlikda 50 ta avtomatik meteostansiya, 1 ta mobil ekologik laboratoriya va ob-havo prognozlarini raqamli modellashtirish uchun 1 dona superkompyuter uskunasi, shuningdek, “Zamin” xalqaro jamoat fondi hisobidan 2 ta avtomatlashgan atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi stansiyasi o‘rnatildi.

Shuningdek, tadbirda sohada hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar  ko‘pligi borasida ham fikr-mulohazalar bildirildi. Mutaxassislar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

 

Nigora Rahmonova, O‘zA