Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida qurilish ishlari yakunlanish arafasida
14:31 / 2025-08-05

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanidagi “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida sanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar davom etmoqda. 

Bugunga kelib mazkur hududda 9 ta korxona o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, qolgan ob’ektlarda qurilish va ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. 

[gallery-24614]

Mebel mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu sanoat zonasi 10 gektar maydonni qamrab oladi. Unda umumiy qiymati 202,5 milliard so‘mga teng bo‘lgan 37 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu tashabbuslar natijasida 4 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi. 

Shuningdek, hududda avtomobillarga servis xizmati ko‘rsatishga mo‘ljallangan zamonaviy “Sanoat va servis” markazi ham barpo etilmoqda. 2 gektar maydonda joylashadigan mazkur majmua ishga tushgach, yana 400 dan ortiq yangi ish o‘rni paydo bo‘ladi. 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA