Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi
11:22 / 2024-10-10

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq:

taqsimlash tizimi operatorlarining vazifa va majburiyatlarini belgilash orqali taqsimlash tizimlarini ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash;

iste’molchilar va kichik quvvatdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarni taqsimlash elektr tarmoqlariga ulash;

elektr energiyasi sifatini va iste’molchilarining elektr ta’minoti barqarorligini oshirish;

taqsimlash tizimlaridan samarali va xavfsiz foydalanishni tashkil etish hamda barcha foydalanuvchilar uchun teng shart-sharoitlarni yaratish;

taqsimlash elektr tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish shartlarini belgilash orqali elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorida faoliyat yurituvchi tomonlar uchun umumiy texnik talablarni o‘rnatish qoidalari tasdiqlandi.

Mazkur qoidalar taqsimlash elektr tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish orqali barcha ishtirokchilarga teng shart-sharoitlar yaratish, uni xavfsiz va ishonchli ekspluatatsiya qilish, taqsimlash tizimini rivojlantirish, shuningdek, iste’molchilarga elektr energiyasini ishonchli, xavfsiz va samarali yetkazib berishdagi munosabatlarni tartibga soladi.

O‘zA