Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taqiqlangan ma’ruzani ijtimoiy tarmoqda ulashgan qiz qamaldi (+video)
16:54 / 2024-10-15

Zangiotadagi Ayollar koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkuma bilan suhbat

Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar xabar tarqatishning qulay vositasiga aylanib bormoqda. Kimdir rasmiy, kimdir shaxsiy, yana kimdir diniy mazmundagi postlar tarqatayotgani hech kimga sir emas.

Biroq, tarqatilayotgan xabarlar to‘g‘riligi, qonunlarga zid emasligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bu savolga ijobiy javob beradiganlar ham bor, albatta. Lekin aynan shu masalani xayolidan faromush qilayotganlar ham uchrab turibdi. 

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2019-2024 yillarda internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbalar va kontent (material)lar ro‘yxati e’lon qilingan. Ayni paytda ushbu ro‘yxat Oliy sud rasmiy veb-sayti ochiq ma’lumotlar bazasidan mavjud. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6fTZzBV8SDA" title="Тақиқланган маърузани ижтимоий тармоқда улашган қиз қамалди" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ushbu ro‘yxatga ko‘ra, “Meta (Facebook)” ijtimoiy tarmog‘idagi 150, “Telegram” messenjerida 500 dan ziyod, “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida 150, “YouTube” videoxostingida 100 dan ortiq, yana boshqa manbalarda o‘nlab shunday taqiqlangan manbalar mavjud. 

Lekin, dinga mukkasidan ketib, duch kelgan diniy xabarni ulashib yuboradiganlar oramizda hamon uchrab turibdi. Ulardan biri – Muxlisa. U “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida diniy ma’ruzani tarqatish ortidan sudlandi. Chunki u taqiqlangan kontentga tegishli postni ulashgan edi.

Ayni paytda bu qiz Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Ayollar koloniyasida jazo muddatini o‘tamoqda. Koloniyada bo‘lib, Muxlisa bilan suhbatlashdik.

– Internet orqali diniy mazmundagi ma’ruzalarni eshitar edim, - deydi mahkuma. – Internet saytlaridan biridagi diniy videoma’ruzani “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatganman. Bu bizda ma’ruzalari taqiqlangan domlalardan biri ekan. Shu sababli, jinoiy javobgarlikka tortildim va 5 muddatga ozodlikdan mahrum etildim. Bu yerda ikki yilga yaqin vaqt davomida qilgan xatolarimdan to‘g‘ri xulosa chiqardim. O‘zim stomatologiya sohasida ishlar edim. Bu yerdan chiqib, o‘z kasbim bilan shug‘ullanib, halol mehnat qilishni, ota-onamga xizmat qilishni rejalashtiryapman. Chunki ularni juda qiynab qo‘ydim... 
Aytib o‘tish kerakki, ko‘pincha o‘zlaridan diniy voiz yoki bloger yasab olgan ayrim shaxslarning chiqishlari diniy ekstremistik ruhda bo‘lib, ularning asl maqsadi dunyoviy davlatlarga tahdid qilish, ularni zimdan yo‘q qilishga qaratiladi.

Dunyoda sodir bo‘layotgan ko‘plab nizolar, terrorchilik harakatlari ustalik bilan din niqobiga o‘ralishi esa hech kimga sir emas. O‘zbekistonda tarqatish taqiqlangan kontentlar ichida ham aynan shundaylari ko‘pchilikni tashkil etadi. 

Qahramonimizning birgina qilgan xatosi uning hayot yo‘llarini o‘zgartirib yubordi. U agar shu xatoni qilmaganida, baxt ostonasiga qadam qo‘yishi mumkin edi. Uning achchiq qismati ijtimoiy tarmoqlardan bilib-bilmay foydalanadigan, harakatlarining oqibatini hali o‘ylamayotganlar uchun saboq bo‘lsa ajab emas. 

Norgul Abduraimova, Nishon Abduvotov (video), Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA