Ta’qiqlangan dori vositasi to‘xtatib qolindi
Bojxona xodimlari tomonidan tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi ta’qiqlangan dori vositasini bojxona chegarasidan olib o‘tishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi.
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona posti orqali xorijiy yo‘nalishda harakatlanib kelgan transport vositasi tegishli bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Natijada mazkur avtomashinaning salon qismida 11 dona kapsulada “A-Ferin” nomli tarkibida Kodeina fosfat moddasi mavjud bo‘lgan dori vositasi borligi ma’lum bo‘lgan. Ayni damda bojxona organlari tomonidan aniqlangan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu dori vositasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 oktyabrdagi qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalasi cheklangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan.
Zarif Komilov, O‘zA