Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taqdimotlar, suhbatlar, ma’ruzalar – barchasi O‘zbekiston haqida
15:29 / 2019-08-22

Bugun kun davomida bo‘lib o‘tadigan kongressda O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosining jahon to‘plamlaridagi o‘rni bilan bog‘liq qator hujjatli filmlar taqdimoti o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.


Avval xabar berilganidek, poytaxtimizda “O‘zbekiston – buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” mavzusidagi madaniy meros haftalik doirasida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va targ‘ib etish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining III xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Sho‘balarga bo‘lingan holda o‘tkazilayotgan kongressda “Sharqdan ilhomlanish: O‘zbekiston merosi durdonalari Yevropaning yirik muzey va kutubxonalarida” mavzusidagi ma’ruzalar va O‘zbekiston madaniy merosining dunyo to‘plamlarida saqlanayotgan merosiga bag‘ishlangan yangi 20 jildli kitob-albom taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu kitob-albomlarda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanilgan. Kitoblar qo‘shimcha effektlar bilan chop etilgan.

Nashrlarga suratga olish guruhi tomonidan yaratilgan videomateriallar ham ilova qilingan. Ularni smartfonning kerakli shtrix-kod ustiga yaqinlashtirish asnosida ko‘rish mumkin. Bu kitobdagi materiallar haqida o‘quvchida to‘laqonli tasavvur hosil bo‘lishiga yordam beradi. O‘zbekistonda matbaachilikda bunday texnologiya ilk bor qo‘llanilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Bugun kun davomida bo‘lib o‘tadigan kongressda O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosining jahon to‘plamlaridagi o‘rni bilan bog‘liq qator hujjatli filmlar taqdimoti o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Bugun O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida “Kushon davlati xazinasi” nomli ko‘rgazmaning ochilishi ham bo‘lib o‘tadi.