Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanzila Norboyeva Vengriya Prezidenti bilan uchrashdi
10:02 / 2025-12-03

Budapesht shahriga rasmiy tashrif doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Vengriya Prezidenti Tamash Shuyok bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning sezilarli jadallashgani hamda do‘stona munosabatlar strategik sheriklik darajasigacha oshgani ta’kidlandi.

Ikki mamlakat xalqlarini bir-biriga bog‘lab turuvchi tarixiy, an’anaviy, madaniy qadriyatlarning mushtarakligi davlatlararo aloqalar rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi. 

Tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, hududlararo hamda mamlakat ishbilarmon doiralari orasidagi savdo aloqalarini yanada rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi.

Muloqot chog‘ida 2026 yil O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi madaniyat, fan va innovatsiyalar yili deb e’lon qilingani ham qayd etilib, tomonlar ikki davlatda qator yirik tadbirlarni o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Parlamentlararo munosabatlarni izchil rivojlantirib borish hamda davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi qayd etildi. 

N.Abduraimova,

O‘zA