French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanzila Norboyeva tashabbusi bilan Qirg‘izistonning yetakchi ayollari o‘rtasida yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yildi
22:49 / 2021-09-21

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasining Qirg‘iziston Respublikasiga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Tashrif doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Jokorku Keneshi Torag‘asi Talant Mamitov bilan o‘zaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mintaqalar va ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida hamkorlik qilish nuqtai nazaridan munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar natijalari, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning muhim masalalari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tanzila Norboyeva davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi ochiq va ishonchli munosabatlar barcha sohalardagi hamkorligimizning izchil ijobiy dinamikasi uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Ma’lumki, so‘nggi 4 yil mobaynida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 5 barobardan oshgan. Ushbu natija ikki tomonlama aloqalar tobora faollashib borayotganining yorqin misollaridan biridir.

Bundan tashqari, gender tenglikni ta’minlash, birgalikda tashabbuslarni ilgari surish, xalqaro parlament tuzilmalari va tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalarida hamkorlik qilishga e’tibor qaratildi.

Qirg‘iziston Respublikasi Jokorku Keneshi Torag‘asi Talant Mamitov O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarga, O‘zbekiston rahbariyatining mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

– O‘zbekiston bilan hamkorlik Qirg‘iziston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning Qirg‘izistonga tashrifi munosabatlarning yanada rivojlanishiga yaxshi turtki berdi, – dedi Talant Mamitov. – Oliy Majlis Senati Raisi tashabbusi bilan ayol deputatlar va mintaqaning yetakchi ayollari o‘rtasida yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yildi.

Tomonlar parlament nazoratini amalga oshirishda tajriba almashish, qonunchilik faoliyati sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va parlament diplomatiyasini faol targ‘ib qilishdan manfaatdorligini bildirdi.

 

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA